TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITENING TERMIZ FILIALI

Yoshlar siyosati allaqachon  ustuvor yo'nalishga aylangan

12 Fevral 2019
Ko`rildi: 32

Yoshlar siyosati allaqachon  ustuvor yo'nalishga aylangan mamlakatimizda yoshlar muammolarni qiynayotgan yoki o'ylantirayotgan muammolariga quloq tutish va ularga yechim topish, har yoshlar bilan ishlayotgan har bir mutasaddining oldidagi vazifalardandir. 
TDAU Termiz fililali direktori Chori Begimqulov Raxmonovichning  Agrobiologiya fakulteti I va II-bosqich talabalari bilan o'kazgan  ochiq muloqotida ham bevosita yoshlar suhbatlashildi.  Bu muloqotda fanlardan qarzdor talabalar va sessiyadan o‘ta olmagan talabalar o'z muammolarini bayon qilishdi. Bu boradagi muammo,  kamchiliklarni bartaraf etishga yordam berish maqsadida filial direktori  5 nafar talabani sessiyadan o‘taolmagani uchun o‘qishini keyingi o‘quv yilidan davom ettirishi kerak bo‘lgan talabalarga shartli ravishda fanlarni qayta o‘zlashtirish sharti bilan o‘qishni davom etirishga ruxsat berdi. Hamda shu joyning o'zida hujjatlar rasmiylashtirildi. Shuningdek,  ochiq, shaffof va tanqidiy fikr almashishga qaratilgan muloqotda talabalar universitetda universiyada musobaqalariga tayyorgarliklar sust tashkil etilayotganligini, bu borada sharoitlar yaratilish lozimligini, shuningdek, fanlarni o'zlashtirishda oqsayotgan talabalarning aksariyati ingliz tili fanlaridan ekanligini shuni inobatga olib filialda boshqa va ingliz tili fan to'garaklari tashkil etilish
kerakligini aytishdi. O'rinli savollar qayd etilib, tez orada bu muammolarning barchasiga yechim topilishini ta'kidlagan filial direktori yechimi vaqt talab etadigan murojaatlar bo'yicha  mas'ullarga ijrosini ta'minlash uchun muddat belgiladi. 
  Bu kabi ochiq muloqotlar muammolarga o'z joyida va o'z vaqtida barham berishga imkon yaratadi.