TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITENING TERMIZ FILIALI

TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI TERMIZ FILIALINING YANGI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI.

07 Fevral 2019
Ko`rildi: 48
TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI TERMIZ FILIALINING YANGI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI.
 Mamlakatimiz tarixining ajralmas qismi hisoblangan Termiz qadimdan madaniyat o'chog'laridan hisoblanib, tarix sahifalarida “Mardlar shahri, olim-u ulamolar shahri” degan nomga sazovor bo'lgan muqaddas maskanlardan hisoblanadi. Mustaqillik sharofati tufayli butun O'zbekistonda bo'lgani kabi Surxon vohasining ma'naviy-ma'rifiy hayotida ham tub o'zgarishlar yuz berdi. Voha tarixan o'ta qisqa muddat ichida butun olamga tanildi. Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohalarda katta o'zgarishlar amalga oshirildi va ulkan yutuqlar qo'lga kiritildi. Viloyatda yoshlarni kasbga yo'naltirish, ularning ilm egallashlari borasida mamlakatimizda bir qator ishlar amalga oshirildi. Pirovardida zamonaviy ko'rinishda ega bo'lgan va barcha jihozlar bilan ta'minlangan oliy ta'lim muassasalari barpo etilmoqda. Yangi barpo etilayotgan oliygohlar ham hech shubhasiz yosh avlodning zamonaviy asosda ta'lim-tarbiya olishlarida katta imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda. Bugun erta tongdan Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali talabalari uchun zamonaviy qulayliklarga va o'quv-labaratoriya jihozlariga ega bo'lgan ming o'rinli yangi o'quv binosi va 240 o'ringa mo'ljallangan zamonaviy yotoqxonasi qurib foydalanishga topshirildi. Binoning tanatanali ochilish marosimida viloyat hokimi Boxodir Baxtiyorovich Po'latov so'zga chiqib, hukumatimiz tomonidan yaratilayotgan bunday imkoniyatlardan talaba-yoshlarimiz to'g'ri foydalangan holda puxta bilim egasiga aylanib, o'z sohasining haqiqiy egalari bo'lib etishishlari lozimligini ta'kidladi. Tadbirda filial professor-o'qituvchilari, talabalar, ota-onalar, mahalla oqsoqollari ham ishtirok etishib, yurtimizda yoshlarga yaratib berilayotgan sharoitlar, imkoniyatlarga yoshlarimiz ham o'zlarining ulkan yutuqlari bilan javob qaytarishini ta'kidlashdi. Aytish mumkinki, binoning ochilish marosimi haqiqiy bayramga aylanib ketdi. 36 milliard so'm evaziga barpo etilgan ushbu oliy ta'lim muassasasi nafaqat yoshlarimizning puxta bilim olishlari uchun xizmat qilishi balki, amaldagi “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da qo'xna va navqiron Surxon zaminining yoshlari uchun munosib sovg'a bo'lishi bilan ham ahamiyatlidir. Bu kabi ezgu maqsadlarga yo'g'rilgan ishlarni ko'rib har birimizning ko'nglimizda bir gap, bu kabi bunyodkorlik ishlari bardavom.