TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITENING TERMIZ FILIALI

Ota-onalari bilan filial rahbariyati, hamda fakultet guruh murabbiylari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

20 Fevral 2019
Ko`rildi: 46

Toshkent davlat Agrar universiteti Termiz filialida Agrobiologiya fakulteti talabalarining ota-onalari bilan filial rahbariyati, hamda fakultet guruh murabbiylari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda filial direktori Ch.R.Begimqulov  so‘z olib: ota-onalarga farzandlari uchun yaratilgan sharoitlar haqida, hamda ularga ta‘lim berayotgan professor-o‘qituvchilar haqida gapirib o'tdi. Agrobiologiya fakulteti dekani N. Abdurahimov yig‘ilganlarga talabalarning kelajakda har taraflama yetuk kadr bo'lib yetishishida birdek mas'ul ekanligini, shuning uchun ota-onalar va filial aloqalarini yanada rivojlantirish kerakligini takidladi. Muloqotda ota-onalar ham so‘zga chiqib, ushbu uchrashuvdan barcha ota-onalar mamnun bo‘lganligini aytib o'tishdi. Shundan so‘ng, barcha ota-onalar yangi foydalanishga topshirilgan o‘quv binosi va yotoqxona bilan tanishishdi.