TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITENING TERMIZ FILIALI

Osh musobaqasi bōlib ōtdi.

21 Fevral 2019
Ko`rildi: 65

Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialida talabalar hamda universitet ma'muriyati tashabbusi bilan "Osh" musobaqasi bōlib ōtdi . Musobaqa  juda jadal suratlarda bo‘lib o‘tdi. Talabalarimiz o‘zlarining mahoratlarini ishga solgan holda osh tayyorlashga kirishib ketdilar. Talaba oshpazlar oshni tayyorlab bo‘lgunlaricha "Arqon tortish" hamda "Tosh ko‘tarish" musobaqasi ham bo‘lib o‘tdi. Yuqoridagi musobaqada "Arqon tortish", "Tosh ko‘tarish" musobaqasida Agrobiologiya fakulteti talabalari ustunlik qilishdi. Oshpaz talabalar o‘rtasidagi "Arqon tortish" musobaqasida ham Agrobiologiya fakulteti talabalari g‘olib bo‘ldilar. O‘tkazilayotgan "Osh" musobaqasini Surxondaryo telekanali xodimlari kelib suratga oldilar. Filialimiz direktori  Chori Begimqulov ham talabalar quvonchiga sherik bo‘ldilar. Yakun hayajonli daqiqalar yaqinlashib g‘oliblarni aniqlash juda qiyin kechdi. Hakamlar bir- biridan chiroyli, mazali fantaziyaga boy oshlarni ko‘rib kimga birinchi o‘rinni berishga ikkilanib qoldilar. "Eng yosh oshpaz", "Eng shirin osh", "Eng yaxshi oshpaz", "Eng chiroyli osh"  naminatsiyalari bo‘yicha talabalar taqdirlandilar. "Osh" musobaqasida mutloq g‘oliblar 102-10 guruhlar 3-o‘rinni, 111-210 guruhlar 2-o‘rin va mutloq birinchi o‘rinni 105- guruh talabalari egalladilar. Universitetimiz ma'muriyati tomonidan faxriy yorliq va diplom bilan taqdirlandilar.