TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITENING TERMIZ FILIALI

Sumalak sayli

28 Fevral 2019
Ko`rildi: 11

 Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialida Agrobiogiya xamda Agrobiznes va investitsion faoliyat fakultetlarining professor-o‘qitivchilari va talabalari tomonidan sumalak sayli bo'lib o'tdi.

Sumalak haqida qiziqarli ma’lumotlar

Xalqimizning eng sevimli milliy taomlaridan biri sumalak bug‘doy doni ko‘katidan tayyorlanadi. Uning sir-asrorini bilguncha, foyda-zararini aniqlaguncha qancha vaqtlar o‘tmagan.

Ko‘p asrlar davomida uni tajribada sinab, tekshirib, sumalakning shifobaxshligiga ishonch hosil kilingan. Buni his etgan barcha, katta-kichik, sog‘-bemor uni tanovul qilishga shoshiladi. Xususan, qishdan-bahorga chiqish — darmonsizlik, ilik uzildi paytga to‘g‘ri keladi.

  • Sumalak bahorning shifobaxsh taomi bo‘lib, u qonimizni tozalab, jismimizni tetiklashtirib, kuch-quvvatimizni oshiradi.
  • Sumalakda shakar moddasi, oqsil, foydali javharlar (kislota), darmondorilar mo‘l bo‘ladi.
  • 1936 yilda bug‘doy o‘simtasini tekshirgan Emerson va Evans ismli nemis olimlari bug‘doyda tokoferol moddasi borligini aniqlashgan va u jenщen tarkibida uchraydigan Ye vitaminining o‘zginasi ekanligini isbotlashgan.