TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITENING TERMIZ FILIALI

Suv resurslarini boshqarish haqida seminar trening

13 Mart 2019
Ko`rildi: 16

13.03.2019 kuni Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialida Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi tomonidan moliyalashtirilayotgan Suv xo’jaligi vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan O’zbekistonda suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi vakili Birodarjon Shamshidinovich Burxonjonov tomonidan seminar trening bo’lib o’tdi. Seminar treningda talaba yoshlar ishtirok etishdi. Seminar trening asosiy mavzusi sifatida suvni tejash, suvdan oqilona foydalanishda olib borilayotgan innovatsion texnologiyalar haqida fikr almashildi.