TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITENING TERMIZ FILIALI

Qabulga oid xujjatlar to`plami

24 Sentyabr 2018
Ko`rildi: 0

Bakalavr yo`nalishlari uchun:

Abiturient ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:

· ta’lim yo‘nalishi, o‘qitish tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza;

· o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumot haqidagi hujjatning asl nusxasi;

· 086/U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;

· fuqarolik pasporti nusxasi;

· 3,5x4,5 sm o'lchamdagi 6 dona fotosurat;

· papka (скоросшиватель) 2 dona, konvert 2 dona

Bundan tashqari abiturient qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko‘rsatadi.

Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqa g‘oliblari o‘qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning asl nusxasini ham taqdim etadi.

Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy qism tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abiturientlar tegishli tavsiyanomani ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga 15 iyulgacha taqdim etishlari shart aks holda undan keyin topshirilgan tavsiyanomalar qabul qilinmaydi.

Abiturient hujjatlarining to‘liqligi tekshirilgandan so‘ng web kamera orqali suratga tushiriladi va hujjatlari qabul qilinadi. Suratga tushirish uchun alohida burchak yoki xonalar tashkil etiladi. Ushbu surat abiturientlar bazasiga kiritiladi va DTMga yuboriladi. Suratga tushmagan abiturientning hujjatlari qabul qilinmaydi.

Abiturientlar tomonidan qayd etilgan talablar bajarilganda ularning hujjatlarini qabul qilib olinadi va qabul qilinganligi to‘g‘risida tilxat beriladi.

 

Izoh

  • Xalqaro va respublika miqyosidagi olimpiadalar, tanlov va musobaqa sovrindorlariga o`qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning asl nusxasi; – Papka va skoroshivatel (ДЕЛО), konvert.
  • Muddatli harbiy xizmatni o`tagan va harbiy qism tavsiyanomasiga ega bo`lgan abituriyent tegishli tavsiyanomani (asl nusxa va 3 ta kopiya) oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga 15-iyulgacha taqdim etadilar, undan keyin topshirilgan tavsiyanoma qabul qilinmaydi. Abituriyent qaysi yozuvda (kirill yoki lotin) o`qigan bo`lsa, shu yozuvda ariza yozadi va test topshiradi. Arizada test o`tkazish tartib va qoidalari bilan tanishganligi, oliy ma’lumotga ega yoki ega emasligi ko`rsatiladi. Abituriyentga hujjatlari qabul qilinganligi to`g`risida tilxat beriladi.

 

 

Maxsus sirtqi yo`nalishlar uchun:

  • Ta’lim yo`nalishi, o`qitish tili va shakli ko`rsatilgan holdagi ariza;
  • O`rta yoki o`rta maxsus ma’lumot haqidagi hujjatning asl nusxasi;
  • Abituriyent qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko`rsatadi.
  • Pasportining nusxasi (2 ta);
  • Tibbiy ma’lumotnoma (086 – U forma);
  • 3,5×4,5 sm hajmdagi 6 ta rasm;
  • Mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko'chirma;
  • Ishlab turgan sohadan tavsiyanoma (ishlab turgan korxona rahbari tomonidan imzolangan);
  • Hujjatlar 15 iyulgacha (15 iyul ham) qabul qilinadi.