TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITENING TERMIZ FILIALI

Qabul nizomi

24 Sentyabr 2018
Ko`rildi: 0

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan 
O‘zbeksiton Respublikasi oliy ta`lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga 
qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi 
NIZOM 
Test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishda qabul 
komissiyalarining vazifalari 
24. Qabul komissiyasi test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish 
bilan bog‘lik quyidagi vazifalarni bajaradi: 
qabul komissiyasining e`lonlar taxtasiga qabul jarayoni boshlanadigan kunga 
kadar  Vazirlar  Mahkamasining  2017-yil  20-iyundagi  393-son  qarori  bilan 
tasdiqlangan  Oliy  ta`lim  muassasalarining  bakalavriatiga  o‘qishga  qabul  qilish 
tartibi  to‘g‘risidagi  nizom,  mazkur  Nizom,  ta`lim  yo‘nalishlari,  ta`lim  shakli  va 
o‘qitish tili bo‘yicha qabul kvotalari, ularga muvofiq test sinovlari  o‘tkaziladigan 
fanlar majmuasi hamda kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan ta`lim yo‘nalishlari 
ro‘yxatini joylashtirish; 
qabul  jarayonini  uyushqoqlik  bilan,  tartibli  tashkil  etish,  abituriyentlarga 
ularning  test  sinovlari  jarayonidagi  vazifalari,  huquq  va  majburiyatlarini 
tushuntirish, test sinovlari jarayoni bo‘yicha maslahatlar, ko‘rsatmalar berish; 
har  yili  15-iyundan  15-iyulgacha  abituriyentlarning  o‘qishga  qabul  qilish 
haqidagi  arizalarini  qabul  qilish  va  abituriyentlarga  hujjatlar  qabul  qilinganligi 
to‘g‘risida  tilxat  hamda  mazkur  Nizomga  2-ilova  (Abituriyentlarga  eslatma)ga 
muvofiq eslatmani berish; 
abituriyentga test sinovlari qoidalari bilan to‘liq tanishgani to‘g‘risida tegishli 
ro‘yxatga imzo qo‘ydirish; 
hujjat  topshirgan  abituriyentlar  haqidagi  ma`lumotlarni  hujjat  topshirilgan 
kunning o‘zida qayd daftarlariga va Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan 
maxsus  dastur  orqali  bazaga  kiritish  va  abituriyentlarning  elektron  shakldagi 
fotosuratlari bilan birga Davlat test markaziga taqdim etib borish; 
maxsus  dastur  orqali  bazaga  maxsus  kod,  qayd  raqami,  ta`lim  turi,  ta`lim 
muassasasining  nomi, abituriyentning  fuqaroligi, familiyasi, ismi,  otasining  ismi, 
millati, jinsi, pasport seriyasi va raqami, yashash joyi, tug’ilgan yili va joyi, ijtimoiy 
kelib chiqishi, ta`lim olgan ta`lim muassasasi turi, raqami va nomi, manzili hamda 
uni tugatgan yili, diplom (shahodatnoma yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat) raqami, 
diplom  (shahodatnoma)dagi  o‘rtacha  bali,  muddatli  harbiy  xizmatni  o‘taganlar 
uchun harbiy qism qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomasi hamda respublika va 
xalqaro fan olimpiadalari g‘olibi ekanligi, Davlat test markazi tomonidan taqdim 
etilgan chet tilini bilish darajasi (B1 va undan yuqori bo‘lgan) to‘g‘risidagi sertifikat 
haqida ma`lumot (agar mazkur hujjatlar mavjud bo‘lsa) va boshqa imtiyozga ega 
bo‘lganlar hamda to‘liq davlat ta`minotidagi yetim bolalar va ko‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi  shaxs  to‘g‘risidagi  ma`lumot,  o‘qitish  tili,  ixtisosligi,  chet  tili  va  uni 
topshirish usulini kiritish; 
ta`lim  yo‘nalishlari,  o‘qitish  tili  va  ta`lim  shakli  bo‘yicha  oliy  ta`lim 
muassasasiga topshirilgan hujjatlar soni, shu jumladan, fan olimpiadalari g‘oliblari, 
harbiy va boshqa imtiyozga ega bo‘lgan hamda to‘liq davlat ta`minotidagi yetim 
bolalar  va  ko‘zi  ojizlar  toifasiga  kiruvchi  abituriyentlar  tomonidan  topshirilgan 
hujjatlar haqidagi ma`lumotlarni abituriyentlar va ota-onalar e`tibori uchun har kuni 
e`lon qilib borish; 
Davlat  test  markazidan  har  yili  17-iyul  kuni  mazkur  Nizomga  3-ilovaga 
muvofiq titul varaqasi va 4-ilovaga muvofiq abituriyent ruxsatnomasi blankalarini, 
24-iyul kuni abituriyentlarga taalluqli ma`lumotlarni qabul qilib olish; 
ma`lumotlar  asosida  abituriyentlarning  ruxsatnomalari  va  titul  varaqalarini 
chop etish hamda tasdiqlash; 
har yili 22-iyulga qadar kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalarini maxsus dastur 
orqali bazaga kiritish va rasmiylashtirilgan hujjatlarni Davlat test markaziga taqdim 
etish hamda ushbu ma`lumotlarning o‘zgarmasligini ta`minlash va abituriyentlarga 
ma`lumot  sifatida  e`lon  qilish.  O‘zbekiston  Respublikasi  ta`lim  muassasalariga 
o‘qishga  qabul  qilish  bo‘yicha  davlat  komissiyasining  abituriyentlarni  talabalar 
safiga  qabul  qilish  haqidagi  qarori  chiqquniga  qadar  e`lonlar  taxtasidan  ro‘yxat 
olinmasligini ta`minlash; 
abituriyentlarga ruxsatnomalarning har yili 29-31 iyul kunlari test sinovlari 
o‘tkaziladigan binolarning chizma nusxasi va abituriyentlarga eslatmani ilova qilgan 
holda, qaydnoma asosida mazkur Nizomga 5-ilovada keltirilgan 1-shakl bo‘yicha 
tarqatilishini  ta`minlash  va  abituriyentlar  uchun  test  sinovlari  jarayoni  haqida 
maslahatlar, ko‘rsatmalar berish; 
har  yili 31-iyul kuni  guruhlar kesimida abituriyentlarning titul  varaqalarini 
paketlarga solingan holda Davlat test markazi vakiliga topshirish; 
Davlat test markazidan har yili 16-avgustdan boshlab titul varaqalarini qabul 
qilib olish. 
25. Qabul komissiyasi har yili 16-iyul kuni abituriyentlardan tushgan arizalar, 
xalqaro va respublika fan olimpiadalari, tanlov va musobaqalar  g‘oliblari, chet el 
fuqarosi  bo‘lgan  abituriyentlar,  harbiy  qism  qo‘mondonligining  tavsiyanomasiga 
ega  bo‘lgan  abituriyentlar,  to‘liq  davlat  ta`minotidagi  yetim  bolalar  toifasidagi 
abituriyentlar,  Davlat  test  markazi  tomonidan  taqdim  etilgan  chet  tilini  bilish 
darajasi  (B1  va  undan  yuqori  bo‘lgan)  to‘g‘risidagi  sertifikatga  ega  bo‘lgan 
abituriyentlar  haqida  qabul  komissiyasining  raisi  va  mas`ul  kotibi  tomonidan 
imzolangan  ma`lumotlarni  mazkur  Nizomda  6-ilovada  keltirilgan  1-6  shakllar 
bo‘yicha Davlat test markaziga taqdim etadi. 
Abituriyent  to‘g‘risida  taqdim  etilgan  ma`lumotlarga  16-iyuldan  so‘ng 
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taqiqlanadi. 
26.  Qabul  komissiyasining  raisi  va  mas’ul  kotibi  Davlat  test  markazi 
tomonidan taqdim etilgan ruxsatnoma asosida, unda belgilangan kun, test sinovlari o‘tkaziladigan  bino  shtabida  test  sinovlari  jarayoni  kuzatuvchisi  sifatida  ishtirok 
etadi. 
27. Qabul komissiyasi tomonidan o‘ziga yuklangan vazifalarning bajarilishini 
ta`minlash uchun javobgarlik shaxsan qabul komissiyasining raisi va mas`ul kotibi 
zimmasiga yuklanadi.