TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITENING TERMIZ FILIALI

Eslatma

24 Sentyabr 2018
Ko`rildi: 0


O‘zbeksiton Respublikasi oliy ta`lim 
muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga 
qabul qilish uchun kirish test sinovlarini 
o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 
2-ilova 
Abituriyentlarga eslatma 
Abituriyent  qabul  komissiyasiga  tegishli  hujjatlarni  topshirishi,  topshirgan 
hujjatlariga  mos  ma`lumotlar  abituriyentlar  bazasiga  turi  kiritilganini  tasdiqlashi 
lozim. Qabul jarayoni tugagandan so‘ng abituriyentning murojaatlari (shikoyatlari) 
inobatga olinmaydi. 
Abituriyent  ruxsatnomasida  ko‘rsatilgan  sana  va  vaqtda  test  sinovlarida 
ishtirok etadi. 
Test sinovlari jarayonida abituriyent quyidagi huquqlarga ega: 
savollar kitobchasidan qoralama sifatida foydalanish; 
test  topshiriqlarini  belgilangan  muddatdan  oldin  bajarish,  undan  so‘ng  test 
materiallarini  tartib  bilan  guruh  nazoratchisiga  topshirish  hamda  test  sinovlari 
o‘tkaziladigan hududdan chiqib ketish. 
Abituriyent  test  sinovlari  o‘tkaziladigan  kuni  binoga  tegishli  hududga  soat 
07:00 (ikkinchi smena soat 13:00) gacha, binoga soat 07:30 (ikkinchi smena soat 
13:30)  gacha  faqat  abituriyent  ruxsatnomasi  va  pasport  bilan  shaxsni 
identifikatsiyalash  vositalari  xamda  videofiksatsiya  qurilmalari  orqali  tartibli 
ravishda  kirishi,  test  sinovlarini  o‘tkazish  qoidalariga  qat`iy  amal  qilishi  bilan 
birgalikda, birinchi smenada soat  07:30 dan 08:00 gacha, ikkinchi smenada soat 
14:30 dan 15:00 gacha kuyidagi ishlarni amalga oshirishga majbur: 
test  topshiriqlari  kitobi  va  unga  mos  raqamli  javoblar  varaqasi  raqamlari 
mosligini tekshirish; 
test materiallari nuqsonsizligini tekshirish va nuqson borligi aniqlansa, darhol 
guruh nazoratchisiga xabar berish; 
javoblar varaqasi to‘g‘ri to‘ldirilishini ta`minlash; 
test  topshiriqlari  kitobi  muqovasida  va  javoblar  varaqasida  ko‘rsatilgan 
tegishli joyga familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, imzo qo‘yish; 
javoblar  varaqasi  raqamini  abituriyent  ruxsatnomasi  va  titul  varaqasining 
tegishli joyiga to‘g‘ri ko‘chirib imzo qo‘yish; 
titul varaqasida ko‘rsatilgan maxsus kod va ta`lim muassasasi kodini javoblar 
varaqasida  ko‘rsatilgan  joyga  to‘g‘ri  ko‘chirib  yozish  va  tegishli  doirachalarni 
bo‘yash. 
Abituriyent  yuqorida  ko‘rsatilgan  majburiyatlaridan  tashqari  quyidagilarga 
shaxsan javobgar hisoblanadi: 
javoblar varaqasini havo rang pastali sharikli ruchka bilan to‘ldirish; 
javoblar  varaqasini  bukmaslik,  marker  chizig‘iga  yozmaslik,  javoblar 
varaqasi raqami ostida joylashgan doirachalarni bo‘yamaslik;   
javoblar varaqasi bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjat bo‘lganligi uchun 
uni to‘g‘ri to‘ldirish; 
belgilangan  vaqt  tugaguniga  qadar  test  topshiriqlari  kitobida  mavjud  test 
topshiriqlarini bajargan holda javoblar varaqasining mos tartib raqamidagi tegishli 
doirachalarini  bo‘yab,  test  topshiriqlari  kitobini  va  unga  mos  bo‘lgan  javoblar 
varaqasini guruh nazoratchisiga topshirish. 
Test  topshiriqlari  umumiy  o‘rta  va  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta`limining 
umumta`lim fanlari o‘quv dasturlariga muvofiq tuziladi. 
Abituriyentlar tanlagan  ta`lim  yo‘nalishiga qarab tegishli ravishda bir, ikki 
yoki uchta fan majmuasi bo‘yicha test sinovini topshiradi. 
Test topshiriqlari kitobidagi mavjud har bir fan 30 tadan test topshirig‘ini o‘z 
ichiga oladi. 
Test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) 
30 ta test topshirig‘iga 1 soat, 60 ta test topshirig‘iga 2 soat, 90 ta test topshirig‘iga 
3 soat vaqt belgilanadi. 
Har  bir  test  topshirig‘iga  4  tadan  (“A”,  “B”,  “C”,  “D”)  muqobil  javoblar 
beriladi. 
Abituriyent tomonidan har bir test topshirig‘iga faqat bitga javob belgilanishi 
shart bo‘lib, test topshiriqlari kitobida to‘g‘ri deb hisoblangan javoblarni javoblar 
varaqasidagi mos tartib raqamli doirachadan bittasini bo‘yaydi (javoblar varaqasida 
bo‘yalgan  javoblarni  o‘zgartirish  mumkin  emas).  Agar  javoblar  varaqasidagi 
“belgilash uchun namuna” qoidasiga rioya etilmasa, jumladan bitta test topshirig‘iga 
javoblar varaqasida tegishli doiracha bo‘yalmasa yoki ikki va undan ortiq doiracha 
bo‘yalsa yoxud to‘liq bo‘yalmasa ushbu test topshirig‘iga ball berilmaydi. 
Abituriyentning  test  sinovlarini  topshirish  vaqtida  guruhdan  chiqishi 
taqiqlanadi,  chiqqan  abituriyentlar  qaytadan  test  sinovlariga  qo‘yilmaydi. 
Sog‘lig‘iga  salbiy  ta`sir  etuvchi  holatlarda  test  materiallarisiz  kuzatuv  ostida 
guruhdan chiqish hollari bundan mustasno. 
Quyidagi  hollarda  abituriyent  test  sinovlari  jarayonidan  chetlashtiriladi  va 
natijalari chiqarilmasligiga asos bo‘ladi: 
test sinovlari o‘tkaziladigan hududga yoki binoga kirishda mikrokalkulyator, 
lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va 
boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan bo‘lsa yoki 
ulardan test sinovlari davomida foydalansa; 
test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki ularga yordam bersa; 
test  materiallarini  binodan  tashqariga  chiqarsa,  test  topshiriqlari  kitobi 
varag‘ini yirtsa; 
test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugaganda test materiallarini topshirishdan 
bosh tortsa; 
test  sinovlari  jarayonida  videokuzatuvlar  orqali  abituriyentning  tartib  va 
qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa.