TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITENING TERMIZ FILIALI

Madaniy - marifiy tadbirlar

25 Sentyabr 2018
Ko`rildi: 0

Yuksak intellektual salohiyatga ega bo‘lgan, zamonaviy axborot texnologiyalarini puxta egallagan, professional kasb mahorati, malakaviy bilim, mustaqil fikrlash asosida ish yurita oladigan va jahon andozalariga javob beradigan mutaxassis-kadrlarni tayyorlash ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlarning bosh maqsadidir.

XXI asr globallashayotgan, mintaqaviy, geopolitik, umumjahon muammolari, hodisalari va voqealari nafaqat har bir davlatga, balki har bir insonga bevosita ta’sir o‘tkazayotgan, uning ma’naviy qiyofasini, ichki dunyosini, shaxs sifatida shakllanishini belgilab beruvchi omilga aylanayotgan davrdir.
Ta’lim-tarbiya jarayonida mazkur omilni inobatga olgan xolda, yuksak ma’naviy, axloqiy tamoyillarga, vatanparvarlik, o‘z xalqi, millatiga sodiqlik g‘oyalariga amal qiladigan, o‘z shaxsiy manfaatlarini umumdavlat, milliy, insoniy manfaatlar bilan uyg‘unlashtira oladigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning mushtarakligini anglay oladigan, xalqimiz, millatimiz, dinimizga begona bo‘lgan turli diniy, ekstremistik, terroristik, umuman, zararli g‘oyalarga murosasizlik kayfiyatida bo‘lgan, erkin fikrlovchi, mustaqil fikrga ega bo‘lgan, “mafkuraviy immunitet”i shakllangan mutaxassis kadrlarni tayyorlash strategik maqsadimiz bo‘lmog‘i kerak.

Toshkent davlat agrar univrsiteti Termiz filiali ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, hukumat qarorlari, O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va filial direktorining buyruqlari asosida amalga oshiriladi.
Mamlakatimizda bugungi kun talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlash milliy dasturining amalga oshirilishida har taraflama yetuk va barkamol, mustaqil fikrlay oladigan, milliy g‘oya bilan qurollangan, ma’naviy qadriyatlarimizni o‘zlashtirgan, vatanparvar yoshlarni tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratilgan. Xalqimiz, dinimizga yot bo‘lgan  turli buzg‘unchi g‘oyalarni o‘z vaqtida payqay oladigan, ogoh va g‘oyaga qarshi g‘oya bilan kurasha oladigan hushyor va bilimdon yoshlarni tarbiyalash ta’lim-tarbiya sohasi xodimlari oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir.