TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITENING TERMIZ FILIALI

Matematika va tabiy fanlar kafedrasi

23 Oktyabr 2018
Ko`rildi: 0

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy talim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risi” da 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909 qarori hmda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida 2017 yil 10 iyuldagi 479-sonli qaroriga asosan tashkil etildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi Toshkent davlat agrar universitetida oliy malumotli kadrlarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida PQ-3704 hamda Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali direktorining 19.05.2018 yil 230-u buyrug'i bilan Matematika va tabiy fanlar kafedrasi tashkil etildi.

Kafedra professor-o'qituvchilari Kafedra professor-o'qituvchilari

A.Avliyaqulov – Matematika va tabiiy fanlar kafedrasi mudiri. Iqtisodiyot fanlari nomzodi. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti bo’yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

A.Ochilov – Kimyo fani o’qituvchisi. Kompleks birikmalar ustida ilmiy izlanishar olib bormoqda.

B.Abdullayev – axborot – kommunikatsion texnologiyalar fani o’qituvchisi. Qishloq xo’jaligini avtomatlashtirish bo’yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

A.Shamishova – kimyo fani o’qituvchisi. Pamidorni bargidan oziqlantirish bo’yicha ilmiy ishlar olib bormoqda.

D. Abduraxmanov – Fizika fani o’qituvchisi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

M.Ernazarov – axborot – kommunikatsion texnologiyalari fani o’qituvchisi. Spektral – to’r metodi yordamida ikki fazali oqimlar gidrodinamik turg’unligi muammolarini matematik modelashtirish mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.