TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITENING TERMIZ FILIALI

Gumanitar fanlar kafedrasi

23 Oktyabr 2018
Ko`rildi: 0

Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali Gumanitar fanlar kafedrasi Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialining Gumanitar fanlar kafedrasi O'ebekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” gi 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909 qaroriga binoan va O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 10 iyuldagi “Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida” gi № 479-sonli qarori asosida tashkil topgan. Gumanitar fanlar kafedrasi o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Oliy majlis qarorlari, “Oliy ta'lim to'g'risida”gi Nizom hamda O'zbekiston Respublikasining boshqa me'yoriy hujjatlari va o'z Ustaviga amal qiladi. Kafedrada O'zbekiston tarixi, falsafa, dinshunoslik, xorijiy til, rus tili, jismoniy madaniyat,pedagogika va psixologiya fanlari o'qitiladi.


Ma'ruza, amaliy va seminar mashg'ulotlari 2 nafar fan nomzodi, 1 nafar katta o'qituvchi va 4 nafar magistr, 4 nafar assistent o'qituvchilar tomonidan o'tiladi. Xozirgi kunda kafedra mudiri vazifasida katta o'qituvchi Babaxodjaeva N.M. faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedraning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Gumanitar fanlarni o'qitishda - jahonning etakchi ilmiy-ta'lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o'rnatish, o'quv jarayoniga xalqaro ta'lim standartlariga asoslangan ilg'or pedagogik texnologiyalar, o'quv dasturlari va o'quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish; - filialning ilmiy salohiyatini mustahkamlash, ilm-fanni yanada rivojlantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish, filial professor-o'qituvchilarining ilmiy tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug'ullanishga keng jalb etish;
Gumanitar fanlar kafedrasi filialda tarbiyaning ma'naviy-axloqiy mazmunini oshirish, talaba-yoshlarga mustaqillik g'oyalariga, yuksak ma'naviyat va milliy an'analariga sodiqlik ruhini chuqur singdirish, ularda yosh g'oya va mafkuralarga nisbatan immunitet va tanqidiy tafakkurni mustahkamlash yo'lida o'z hissasini qo'shib kelmoqda. Talabalarga muntazam ravishda Sharqning ulug' mutafakkirlari Yusuf Xos Xojib, Yassaviy, Ibn Sino, Farobiy, Beruniy, A.Navoiy, Bobur merosi chuqur o'rgatilmoqda, shuningdek, yurtimizda etishib chiqqan buyuk olimlar, ustoz xofizlar, san'atkorlar, maqomchi qo'shiqchilar, aktyorlar, musiqashunoslar, baxshilar, shoirlar, sportchilar hayoti va faoliyati targ'ib qilib kelinmoqda.

Kafedra mudiri: Babaxodjaeva N.M. 1960 yilda tug'ilgan, oliy ma'lumotli, rus tili va adabiyot fani o'qituvchisi. Hozirgi kunda 40 ortiq ilmiy maqola va tezislar, 2 ta o'quv qo'llanma muallifi

Kafedra mudiri: Babaxodjaeva N.M. 1960 yilda tug'ilgan, oliy ma'lumotli, rus tili va adabiyot fani o'qituvchisi. Hozirgi kunda 40 ortiq ilmiy maqola va tezislar, 2 ta o'quv qo'llanma muallifi

O'qituvchi: Adilova Muxbbat Asadovna, 1969 yilda tug'ilgan oliy ma'lumotli rus tili va adabiyot fani o'qituvchisi. Hozirgi kunda bir qancha ilmiy maqola va risolalar muallifi.

O'qituvchi: Muqimova Gulnora Xudoyqulovna, 1969 yilda tug'ilgan oliy ma'lumotli, rus tili va adabiyot fani o'qituvchisi. Hozirgi kunda bir qancha ilmiy maqola va risolalar muallifi.

O'qituvchi: Toshpulatov Akmal Xolmirzaevich, 1976 yilda tug'ilgan oliy ma'lumotli, ingliz va german tili. Hozirgi kunda “Diminitive otlar kichraytirish va erkalatish” mavzusida ilmiy taadqiqot ishlarini olib bormoqda

 

O'qituvchi: Norqo'chqarov Xushvaqt Eshnazarovich, 1988 yilda tug'ilgan, magistr, Tarix. Xorijiy mamlakatlar tarixi. Hozirgi kunda “Shimoliy Afg'oniston o'zbeklari: tarixiy-etnografik tadqiqot” mavzusida ilmiy taadqiqot ishlarini olib bormoqda.