TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITENING TERMIZ FILIALI

Filial nizomi

23 Oktyabr 2018
Ko`rildi: 0

Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialining

USTAVI I.

Umumiy qoidalar

1. Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali (keyingi o'rinlarda “Filial” deb ataladi)

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi “Toshkent davlat agrar universitetida oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3704-sonli qaroriga muvofiq Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining tarkibiga kiradi.

2. Filial davlat oliy ta'lim muassasasi hisoblanib, oliy ta'limning asosiy va qo'shimcha ta'lim dasturlarini bajarish bo'yicha ta'lim faoliyati bilan shug'ullanadi.

3. O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq o'quv-pedagogik va ilmiy-medodik va boshqa faoliyatni amalga oshiradi hamda ta'lim xizmatlarini ko'rsatadi.

4. Filial yuridik shaxs hisoblanadi. Operativ boshqaruvida o'ziga xos maxsus mol-mulkka ega va ushbu mol-mulk bo'yicha o'z majburiyatlariga muvofiq javob beradi, o'z nomidan mol-mulk sotib olishi va mulkiy hamda nomulkiy huquqlarni amalga oshirish, zimmasiga majburiyat olishi, sudda da'vogar va javobgar bo'lishi mumkin. Mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa, shu jumladan, valyuta bo'yicha hisob raqamlariga, O'zbekiston Respublikasi davlat gerbi tasviri tushirilgan va o'z nomi yozilgan muhrga, shtamplar va boshqa rekvizitlarga ega. Filial joylashgan manzil: 191200, Surxondaryo viloyati, Termiz tumani, Yangiobod mahallasi. E-mail: termizdau@agro.uz x.r.: 2340 2000 3001 0000 1010 “Toshkent sh. MB Bosh boshqarmasi XKKM” MFO: 00014 INN: 201122919 sh.x.r.: 100010860224017294100170001 MFO: 00358 INN: 305029464, OKONX: 85420 Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali Termezskiy filial Tashkentskogo gosudarstvenogo agrarnogo universiteta

 

 

II. Filialning asosiy vazifalapi 5. Filialning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: shaxsning intellektual, madaniy va ma'naviy-ahloqiy kamol topishiga bo'lgan ehtiyojlarini oliy ta'lim va oliy ta'limdan keyingi ta'lim bosqichlarida ma'lumot olishi orqali erishishni qondirish; iqtisodiyotning tegishli sohalari bo'yicha oliy ma'lumotli mutaxassislarni va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish; oliy ta'limdan keyingi ta'lim bo'yicha fanning falsafa doktori, fan doktori va mustaqil izlanuvchi sifatida oliy malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash; jamiyatning ahloqiy, ma'naviy-ma'rifiy, madaniy va ilmiy qadriyatlarini saqlash va boyitish; aholi o'rtasida bilimlarni tarqatish, uning ma'naviy-ma'rifiy va madaniy, huquqiy darajasini ko'tarish; ilmiy-pedagog hodimlar va ta'lim oluvchilarning ilmiy-tadqiqotlari va ijodiy faoliyatlari orqali fanni taraqqiy ettirish, olingan natijalardan ta'lim jarayonida foydalanish;

 

har tomonlama rivojlangan va sodiq shaxsni, mustaqil davlat fuqarosini o'z Vatani fidoyisi, halq, jamiyat va oila oldidagi o'z mas'uliyatini his qiluvchi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qiluvchi, xalq an'analarini boyituvchi va mustahkamlovchi, Vatanimiz kelajagi uchun vijdonan va halol mehnat qiluvchi etib shakllantirish; tegishli ta'lim yo'nalishlari bo'yicha o'quv majmualarini, qo'llanmalarini, darsliklarni yaratish va ularni o'quv jarayonlariga tadbiq etish; milliy iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari bo'yicha ustuvorlikka ega bo'lgan va ishlab chiqarish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va natijalarini amaliyotga tadbiq qilish; ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish va bu ishlarga talabalarni jalb etish; Filial binolari va unga tegishli ob'ektlarda umumiy ovqatlanish, oshxona, bufetlarni tashkil etish va faoliyatini yuritish.

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi PQ-3704-sonli qarori bilan Filialda oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlashning ustuvor yo'nalishlari quyidagicha belgilangan: qishloq xo'jaligida innovatsion resurstejamkor texnika va texnologiyalarni qo'llash, intensiv agrotexnologiyalarni joriy qilish, qishloq xo'jaligi ekinlarida hosildorlikni oshirish, ularning selektsiyasi va urug'chiligini tashkil etish, kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurashish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash, dastlabki qayta ishlash, standartlashtirish, sertifikatlash, dorivor o'simliklarni etishtirish va qayta ishlash, o'rmonchilik, baliqchilik bo'yicha yangi va zamonaviy bilimlarga ega bo'lgan yuksak malakali kadrlar tayyorlash; o'quv-laboratoriya bazasini modernizatsiyalash, o'quv rejasi va fan dasturlarida soha bo'yicha zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari, yuqori unumli va resurstejamkor ilg'or texnologiyalar bo'yicha bilimlarni aks ettirish, o'quv jarayonida nazariya va amaliyot uyg'unligini ta'minlash orqali oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarining mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish;sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va joriy etilayotgan zamonaviy texnologiyalarga oid bilim va ko'nikmalarini chuqurlashtirishni hisobga olgan holda talabalarni o'qitishning usullarini ishlab chiqish va o'quv jarayoniga joriy etish; professor-o'qituvchilarning kasbiy bilimi, pedagogik mahorati va ilmiy salohiyatini muntazam ravishda oshirish, xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalarida professor-o'qituvchilar, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning malakasini oshirish va stajirovkalarini tashkil etishda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish; fan, ta'lim va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta'minlash manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish hamda ularning natijalarini amaliyotga joriy etish, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ilmiy-texnik vazifalarni hal etishga yo'naltirilgan amaliy va innovatsion izlanishlarni amalga oshirish;agrar soha uchun kadralar tayyorlashning uzluksiz tizimini yaratish, filialga biriktirilgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari ta'lim dasturining uzluksizligi va izchilligini ta'minlash, ularga sifatli ta'lim berishni tashkil etish; oliy ta'lim muassasasini bitirayotgan kadrlarni o'z mutaxassisligi bo'yicha ishga joylashtirish, ularning kasbiy faoliyatini monitoringini tizimli tashkil etish.